
Alisher Azizov Ummonda ham to‘purarlik qobiliyatini ishga soldi
Kecha Ummon Professional ligasida 14-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Alisher Azizovning yangi jamoasi – “Al Salam” klubi safarda “Al Oruba”ga qarshi bahs olib bordi.
E’tiborlisi, chempionatning so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Al Salam” ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Azizov o‘zining debyut o‘yinida gol kiritishga erishdi. U 19-daqiqada hisobni ochdi. O‘yin so‘nggida esa Alisher sherigiga golli uzatmani taqdim etdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ummon Professional ligasi. 14-tur
“Al Oruba” – Al Salam” 1:2.
Fikrlar