Alisher Nikimbaev: Bu masalaga O‘FAdan tashqari sportimizni tepasidagilar ham aralashgan

  • 29 avgust, 20:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga yaqin vaqtlar ichida portugaliyalik murabbiy Paulo Bento bosh murabbiy sifatida tayinlanishi kutilyapti. Kun.uz nashri ushbu vaziyat yuzasidan bir qator taniqli sport mutaxassislari fikr bildirgan videolavhani o‘z You Tube sahifasiga joylashtirdi. 

Quyida taniqli sport mutaxassis Alisher Nikimbaev ushbu videolavhada bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Paulo Bentoning O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga tayinlanishi men uchun syurpriz bo‘lmadi. Kimdadir nima uchun Paulo Bento degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Menimcha, 2-2,5 oy oldin termamizga chet eldan murabbiy kelishi aniq bo‘lgan. Dastlab, Yoaxim Lyov haqida yangiliklar chiqdi. Bu haqda Germaniyaning "Bild" nashri ham yozdi va hattoki bu ishga Germaniya elchixonasi ham aralashgan. Demoqchimanki, chet eldan murabbiy olib kelish qarori nafaqat O‘fa tomonidan, balki, O‘zbekiston sportini tepasidagilar tomonidan qabul qilingan. Shuning uchun, chet eldagi vakolatxonalar ham bunga ko‘maklashgan. Nima uchun mahallay murabbiy emas, aynan chet eldan mutaxassis? Bilishimcha, Jahon chempionatidagi asosiy maqsad nafaqat qatnashish, balki, guruhdan chiqish va o‘zini ko‘rsatish vazifasi qo‘yilgan. O‘zbeksiton sporti rahbariyati mahalliy murabbiy orqali buni amalga oshirishning imkoni yo‘q, deb o‘ylayapti. Shuning uchun, chet eldan murabbiy olib kelishmoqchi va olib kelishyapti ham. 

- Bento Osiyoda ishlagan. Kimdir BAA terma jamoasida muvaffaqiyatsiz ishlagan deyishi mumkin. Biroq bizning futbolchilarimizning saviyasi BAA terma jamoasi a’zolaridan baland. Janubiy Koreyada esa u yomon ishlagani yo‘q. Garchi, 2022 yildagi Mundialda Ganadan mag‘lub bo‘lganiga qaramay, qiyin guruhdan (Gana, Portugaliya, Urugvay) chiqish vazifasini uddalagan. Osiyo terma jamoalarining guruhdan chiqishining o‘zi oson emas, bilasiz. 

- Hattoki koreys tanishlarim va do‘stlarim Bento termadan ketishidan afsuslangan. Asosiy berilayotgan savol shundan iborat: Nima uchun Kapadzeni qoldirmasdan Bentoni olib kelyapmiz? Sababi, rahbariyatimiz chet ellik tajribali murabbiyga ishonishmoqda. Nomzodlar ro‘yxatiga qarasangiz, Mundiallarda va katta turnirlarda natija ko‘rsatgan yoshi katta murabbiylarni ko‘rasiz. Kapadzega kelsak, u Olimpiadaga jamoamizni o‘zi olib chiqqan bo‘lsa ham, tajribasi yo‘qligi uchun o‘sha turnirda natija ko‘rsata olmagan, deb o‘ylayapti ko‘pchilik. Biroq nima bo‘lsa ham Kapadze terma jamoamizda qolishi kerak. Ikkinchi murabbiy yoki boshqa biror lavozimda bo‘lsa ham. Sababi, keladigan xorijlik murabbiy bizning futbolimizni bilmaydi. 

- Bundan tashqari, Bentoning shartnomasi necha yillik bo‘ladi? Faqat Jahon chempionati uchunmi yoki keyingi Mundialgachami? Sababi, JChdan yarim yil o‘tib Osiyo kubogi bor. Bu turnirga termamizni kim olib boradi? Futbol assotsiatsiyada aniq reja bormi? Reja faqat Jahon chempionati uchungina tuzilganmi? Haligacha buning javobini eshitmadim. Balki yaqin kunlarda bilib olarmiz. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!