Alisher Odilov: Erondan, Xitoydan, Koreyadan takliflar bor!
"Neftchi" klubi hujumchisi Alisher Odilov Sports.uz saytiga intervyu berdi. Futbolchi oldida turgan takliflar haqida gapirdi.
Suhrob Xolbekov: Sizga bo‘layotgan takliflar haqida ma’lumot bera olasizmi?
"Hozirda takliflar bor. Bir Erondan, bir Xitoydan chiqdi, bir Koreyadan ham chiqdi. Hali bittasiga to‘xtalib, qaralgani yo‘q. Bu bilan agentlarim shug‘ullanadi. Nasib bo‘lgani bo‘ladi.
"Neftchi"da qolish ehtimolim ham bor va bu ko‘proq. Chunki Elit Chempionlar ligasi bor. Bundan tashqari, keyingi yilda "Neftchi" bundanda kuchliroq bo‘ladi", - dedi futbolchi intervyuda.



Fikrlar