Alisher Sa’dullaev: Javohirning oldida yana bir katta marra turibdi

  • 26.11.2025 16:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi 2025 finali doirasida hamyurtimiz Javohir Sindarov xitoylik Vey Yiga qarshi dona surdi. ​Hal qiluvchi bahsda Javohir raqibini tay-brekda mag‘lub o‘tib, Jahon kubogi 2025 g‘olibiga aylandi. 

Chempionlikdan so‘ng Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

- G‘alaba muborak bo‘lsin. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin. 19 yoshida eng yosh Jahon kubogi g‘oliblaridan biri bo‘lib, butun dunyo shaxmat afsonalari qatoriga kirdi. U har kuni tinimsiz mashq qilib, shaxmat turnirida 3, 4, 5, 8 soatlab shaxmat o‘ynab, eng og‘ir formatda Jahon kubogiga ega chiqdi. Bundan tashqari, u "Nomzodlar turniri"ga yo‘llanma oldi. Javohirning oldida yana bitta katta marra turibdi. Tinimsiz mehnat qilinsa, murabbiylar bilan birgalikda ishlansa, shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelish mumkin. 

- Yana bir bor g‘alaba muborak bo‘lsin vatandoshlar. Uning ustozlari, ota-onasini ham tabriklayman. Mana shunday o‘g‘lonlarimiz bilan faxrlansak arziydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!