Alisher Yusupov - Osiyo chempioni!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga yetdi.

Bugungi bellashuvlarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:

+100 kg: Alisher Yusupov

Bronza medal:

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nigmatova

Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamgarishdi. Dasturga ko‘ra, ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!