
Alisson Azardan yaxshiroq natija qayd etmoqda
"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker so‘nggi 9 oy ichida bitta gol va bitta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali u ko‘plab futbolchilar erisha olmagan natija egasiga aylandi.
Jumladan, "Real" yulduzi Eden Azar bu muddat ichida atigi 1 gol urishga erishgan. Uning hisobida boshqa samarali harakatlar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik posbon 2021 yil may oyida "Vest Bromvich" darvozasini ishg‘ol qilgandi. 2022 yil 19 fevral kuni esa u "Norvich"ga qarshi bahsda golli uzatma amalga oshirdi.
Alisson ushbu mavsum APLning 23 uchrashuvida o‘z darvozasidan 18ta gol olib chiqqan. Shuningdek, u 12 o‘yinda jamoasi gol o‘tkazib yubormasligini ta’minlagan.
Fikrlar