Alissonning otasi cho‘kib o‘ldi
Braziliya terma jamoasi va “Liverpul” klubi darvozaboni Alissonning otasi vafot etdi.
ESPN nashrining yozishicha, 57 yoshli Joze Bekker o‘z dala hovlisi yaqinida joylashgan ko‘lda cho‘kib ketgan.
Alisson joriy mavsum "Liverpul" safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 30 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar