Alistar Overimning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 13 noyabr, 2020, 13:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik og‘ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Aleksandr Volkov (32-8) navbatdagi jangini niderlandiyalik Alistar Overimga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Bu haqda promoushen prezidenti Dana Uayt jurnalist Brett Okamotoga ma’lum qildi. Jang 6 fevral kuni "UFC FIght Night" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

32 yoshli Volkov so‘nggi jangini “UFC 254“da o‘tkazib, Uolt Xarrisni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Overim ( 47-18) esa oxirgi bor, "UFC FIght Night 176” turnirida Augusto Sakayni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!