Allegri: Dibalani yo‘qotishdan qo‘rqmayman
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining so‘zlariga ko‘ra uni jamoa hujumchisi Paulo Dibala haqidagi xabarlar aslo havotirga solmaydi.
“Men Dibalani yo‘qotishdan qo‘rqmayman. Boshqa tomondan esa Neymarning PSJga o‘tishi borasida aniq ma’lumotga ega emasman. Agar shunday bo‘lsa, “Barselona” uning o‘rniga munosib futbolchi topa oladimi buni bilmayman. Bu narsa meni aslo qiziqtirmaydi. Shuning uchun ham men xotirjamman”, - deydi italiyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “Barselona” Dibalani sotib olishni istasa, buning uchun “Yuventus”ga 120 mln evro to‘lashi kerakligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, PSJ ham Neymar uchun kataloniyaliklarga futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 222 mln evro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.



Fikrlar