Allegri MYuda ish boshlasa jamoaning sobiq a’zosini qaytarmoqchi

  • 14 oktabr, 2019, 23:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin.

Tecno

Agarda, Allegri "qizil iblislar"da ish boshlasa, jamoaning sobiq himoyachisi Patris Evra murabbiylar shtabidan joy olishi mumkin. Bu borada inglizlarning muxlislari frantsiyalik sobiq futbolchining qaytishidan mamnun bo‘lishadi.

Avvalroq, Allegri MYuda ish boshlashi mumkinligi va ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgani haqida ma’lumot berilgan edi. Bundan tashqari, Evra "Mancester Yunayted"ning murabbiylar shtabiga kirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, MYu mavsumni ko‘ngildagidek boshlamadi va APLda 12-o‘rinni egallab turibdi. Sulsher shogirdlari 8 ta bahsdan so‘ng, 9 ochko to‘plashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!