
Allegri: "Yuventus" rahbariyatiga ishonaman
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida aytib o‘tdi.
- Bunday darajadagi "Yuventus"ni tashkillashtirish uchun 5 yil mehnat qildik. Lekin hamma narsaning boshi bo‘lganidek yakuni ham bor.
Tan olishim lozimki, jamoani kim boshqarishini bilmayman. Ishonchim komilki, klub rahbariyati yaxshi mutaxassisni tanlaydi.
"Yuventus" - ajoyib jamoa, - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar