Alonso bilan chiqisholmay qolgan yulduz “Real”da ketmoqchi
Angliya Premer-ligasi vakili “Manchester Yunayted” tarkibini “Real”ning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblangan Federiko Valverde bilan kuchaytirishga umid bog‘lamoqda.
Mirror nashrining yozishicha, manchesterliklar “Qirollik klubi”da.urugvaylik yarim himoyachi atrofida yuzaga kelgan vaziyatni snchkovlik bilan kuzatib boryapti.
Manbaga ko‘ra, Valverde jamoaning yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning boshqaruv uslubidan shikoyat qilayotgan bir necha futbolchilardan biri hisobladi. Federiko tez orada klubdagi vaziyat va Alonsoning munosabati o‘zgarmasa, boshqa jamoaga o‘tib ketish variantlarini ko‘rib chiqa boshlaydi.
Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Real” 27 yoshli o‘yinchini 100 million funtdan kamiga qo‘yib yubormaydi. “Manchester Yunayted” mutasaddilari bu transferni 70 million funtga hal qilishni ko‘zlab turibdi.
Valverdening madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 130 million evroga baholamoqda.
Fikrlar