Alonso "Liverpul"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 05.11.2025 16:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatni izohladi. Uchrashuv 1:0 hisobida mersisaydliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.

“O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo bellashuvning yakuniga kelib biz ko‘plab burchak va jarima zarbalariga yo‘l qo‘yib berdik. Birinchi bo‘limda futbolchilarim yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi taymda esa  esa keraksiz ko‘plab qoidabuzarliklar sodir qilindi.  Natijada ustunlik raqib tomonga o‘tib ketdi va hujumlar tashkil qilishga qiynaldik.

Shuni aytishim mumkinki, bugungu o‘yinimiz  “Metropolitano”dagi  “Atletiko”ga 5:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahsimizdan ancha farq qildi. Biz xarakterimizni ko‘rsatdik, yutqazish esa turlicha bo‘lishi mumkin”, — dedi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!