Alonso: "Qayrat" taktik va jismoniy jihatdan bu o‘yinga tayyorlangan"

  • 29.09.2025 17:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasidagi o‘yin oldidan Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasining o‘yin uslubi haqida gapirdi. EChL umumiy bosqich 2-tur uchrashuvi ertaga, 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

- Asosiy o‘yinchilarga dam bera olasizmi, shunday variantni ko‘rib chiqdingizmi?

- Biz o‘yinga chiqamiz va 11 kishi maydonga tushadi. Ular "Qayrat"ga qarshi o‘ynashga bel bog‘lashadi.

- "Real" "Qayrat"ga nimadir tayyorlab qo‘ydimi? Qayta saflanish bo‘ladimi?

- "Qayrat" jamoasi yaxshi tashkil etilgan. Ularda jiddiy turtki bo‘ladi. Ular taktik jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham yaxshi tayyorlangan. "Sporting" va "Seltik" bilan o‘yinlarni ko‘rdik. Ular juda tiniq futbol o‘ynashadi. Albatta, biz "Qayrat"ni alohida shaxslar nuqtai nazaridan tahlil qildik. Ungacha hech kimni tanimasdim, endi bildim. Shunday lahzalar borki, ular uchun xavotirlanaman. "Qayrat" "Sporting"ga yutqazdi, ammo vaziyatlar bo‘ldi. Ular tayyor bo‘lishiga shubha yo‘q, - dedi Alonso matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!