Alonso “Real” futbolchilarini shokka tushirib ketdi
Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa o‘tgan yoz bosh murabbiy etib tayinlangan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso ni 12 yanvar kuni ishdan bo‘shatib yubordi.
Bu voqea jamoa futbolchilarining bir qismini qattiq hayratga tushirdi. Marca nashrining yozishicha, hech kim mavsumning shu bosqichida, ayniqsa Superkubok finalida “Barselona”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin jamoada osoyishta muhit hukm surayotgan paytda bunday qaror qabul qilinishini kutmagan.
Ma’lum qilinishicha, finaldan keyin futbolchilar murabbiyning qolishi tabiiy deb hisoblashgan. Rahbariyat tomonidan uni almashtirish haqida hech qanday sabab yoki ishora bo‘lmagan. Aksincha, jamoa loyiha davom etayotganini va Xabi Alonso to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganini tushunib turgan. Bu holat sovrin topshirish marosimida prezident bilan murabbiyning quchoqlashishi orqali ham tasdiqlangan.
Shu sababli uning ketishi jamoa uchun haqiqiy shok bo‘ldi. Ayrim futbolchilar shaxsan tan olishicha, ular bu o‘zgarish haqida klubning rasmiy bayonotidan bilishgan va bu oldindan ogohlantirish bo‘lmagani ularning hayratini yanada oshirgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda murabbiy bilan jamoa o‘rtasidagi munosabatlar aksincha yaxshilanib boraotgan edi.
Fikrlar