
Alonso Vinisius va Mbappeni birga o‘ynatish bo‘yicha bir qarorga keldi!
Madridning "Real" klubi yaqinda bosh murabbiylikka tayinlanishi kutilgan Xabi Alonso Kilian Mbappe va Vinisius Juniorni qanday foydalanishini oldindan belgilab olgan.
"Cadena SER"ning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis asosan ikki hujumchi bilan o‘ynashni maqsad qilgan va 5-3-2 hamda 4-4-2 sxemacini eng ma’qul deb hisoblamoqda. Unga ko‘ra, asosiy hujum duetini aynan Mbappe va Vinisius tashkil etadi.
Shu bilan birga, Rodrigo klubni tark etishi mumkin. Bu haqdagi mish-mishlar tobora kuchaymoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Bayer" bilan yaqin orada rasman xayrlashadi va iyun oyidan "Real" bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi kutilmoqda. U o‘z vazifasini Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiylikka o‘tayotgan Karlo Anchelottidan qabul qilib oladi.
Fikrlar