Alonsoni Angliya superklubi ishga chaqirdi
Madridning “Real” jamoasidan ishdan bo‘shatilgan Xabi Alonso murabbiylik faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega .
Angliya matbuotining yozishicha, 44 yoshli ispan murabbiyiga “Tottenxem” aloqaga chiqib, unga hamkorlik taklif qilgan. Londonliklar hozirgi bosh murabbiy Tomas Frankning ishidan to‘liq qoniqmayapti va unga o‘rinbosar qidirmoqda.
Xabi Alonsoga muqobil variant sifatida “Tottenxem” mutasaddilari boshqa ispaniyadik murabbiy Xavi Ernandesni tanlagan. Xavi “Barselona” bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yuribdi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Tomas Frank yaqin vaqt ichida “Tottenxem” bosh murabbiyligidan ozod etilishi mumkin. Daniyalik murabbiy bu lavozimni mavsum boshida egallagan va uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qilishi belgilangan.
Fikrlar