Alonsoning ketishiga ikki sabab aytildi

  • 13.01.2026 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati yozdan beri jamoada bosh murabbiylik qilib kelayotgan Xabi Alonsoni ishdan olgani futbol jamoatchiligi tomonidan juda ko‘p muhokamalarni keltirib chiqardi.

Xususan, taniqli jurnalist Pepe Alvaresning ma’lum qilishicha, Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyi lavozimini o‘z xohishi bilan tark etgan. Bu haqida “Qirollik klubi” matbuot xizmati ham rasmiy xabar berdi.

11 yanvar kuni  madridliklar Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Manbaga ko‘ra, Alonso bosh murabbiylikdan ketish haqida qaror qabul qilishga ikki asosiy sabab tufayli majbur bo‘lgan.

Birinchi sabab – jamoa ichidagi egoizm va doimiy hurmatsizlikdan charchaganligi. Ayniqsa, so‘nggi haftada bu holat yanada kuchaygan. Ikkinchi sabab esa, oxirgi oylarda klub tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganidir.

Alonso “Real”ni 2025 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. Rasmiy bayonotda jamoa bilan xayrlashuv o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilgani aytildi. Yangi bosh murabbiy etib madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa tayinlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!