
Alvares Mbappe qilgan ishni qildi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Xulian Alvares Kilian Mbappe qilgan ishni uddaladi. Argentinalik futbolchi Ispaniya kubogi doirasida "Vik" jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi.
Opta nashri xabariga ko‘ra, "matraschilar"ning 24 yoshli forvardi (chempionat, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida) gol urgan La Liganing ikkinchi futbolchisiga aylandi. Bungacha ushbu natijaga faqat La Liga, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida o‘zini ko‘rsata olgan "Real"dan Kilian Mbappe erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Xulian Alvares ham Mbappe singari Ispaniyada debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Argentinalik futbolchi avvalroq Angliyaning «Manchester Siti» klubi safida to‘p surgan bo‘lsa, frantsiyalik futbolchi PSJ sharafini himoya qilgan.
Fikrlar