Alvarez kasallik sababli «Atletiko» bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti

  • 26.08.2026 15:44
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares navbatdagi mashg‘ulotda ishtirok etmadi.

 

«Marca» nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi 2:2 hisobidagi o‘yindan keyin o‘tkazilgan birinchi mashg‘lotni kasallik sabab qoldirgan. Umumiy guruh tarkibida shuningdek Kristian Romero va Ademola Lukman ham ko‘rinmadi — ular alohida, individual dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati davomida Al’vares omma oldidayoq «Atletiko»ni tark etish istagini bildirgan edi. Keyinchalik u klub rahbariyatiga «Barselona» safiga o‘tishni xohlayotganini aytgan. Shu bilan birga, hujumchiga «Arsenal» tomonidan ham jiddiy qiziqish borligi ma’lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!