Alves chorak finalda “Barselona” bilan o‘ynamoqchi emas
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Dani Alves “Portu” (1:0) ustidan EChL 1/8 final javob bahsida qozonilgan g‘alabadan so‘ng keyingi bosqichda sobiq jamoasi “Barselona” bilan uchrashishni xohlamasligini tan oldi.
– Men chorak finalda “Barselona” bilan uchrashishni istamagan bo‘lardim. Men uchun juda og‘ir bo‘lardi. Agar ularga qarshi o‘ynash kerak bo‘lsa, EChL finalida uchrashgan bo‘lardim, – deydi Alves.

Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, turinliklar 2:0 va 1:0 hisoblarida zafar quchdi. Alves 2008-2016 yillarda "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar