Amanda Anisimova Parij ahlini lol qoldirmoqda
2019 yilgi sport mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan 17 yoshli amerikalik Amanda Anisimova Parijda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
U "Katta dubulg‘a" turkumidagi Frantsiya ochiq birinchiligining uchinchi davrasida ruminiyalik Irina-Kameliya Beguni 7:6, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tarqia Anisimova "French Open"ning to‘rtinchi bosqichiga chiqdi. Endi amerikalik tennischi musobaqa kashfiyoti deya e’tirof etilgan ispaniyalik Alyona Bolshova bilan kuch sinashadi.

Fikrlar