Amazon Torres haqida hujjatli film suratga olmoqchi
Amazon kompaniyasi "Atletiko" klubi hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq forvardi Fernando Torres haqida hujjatli film suratga olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bu to‘liq metrajli film bo‘ladi. Suratga olish jarayonlarida Torresning Ispaniya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Andres Inesta, "Liverpul"dagi sobiq jamoadoshi Stiven Jerrard, sobiq murabbiyi Joze Mourino, Rafael Benites va Diego Simeonelar ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Ushbu film Torres faoliyatini qanday boshlaganidan tortib to qanday yakunlaganigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Fikrlar