Amerika kubogi. Argentina Venesuelani ortiqcha qiyinchiliksiz engdi va yarim finalga chiqqan ikkinchi jamoa bo‘ldi

  • 29.06.2019 05:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida Amerika Kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan Argentina hamda Venesuela terma jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:0 hisobida “albasetlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Venesuela – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)

28 iyun, 00.00, «Marakana»

Gollar: 0:1 – 10 Martines, 0:2 – 74 Lo Chelso.

Venesuela – Farines, Ernandes, Chanselor, del Pino Mago (Soteldo, 56), Rosales (Seyxas, 83), Moreno, Murilo, Errera, Rinkon, Machis (Martines, 71), Rondon.

Argentina – Armani, Foyt, Petstselya, Otamendi, Talyafiko, Paredes, de Paul, Akunya (Lo Chelso, 68), Messi, Martines (Di Mariya, 64), Aguero (Dibala, 85).

Ogohlantirishlar: Rinkon (12), Errera (15), Martines (16), Akunya (42), Rondon (44), Soteldo (90).

Eslatib o‘tamiz, endi Argentina yarim finalda mezbon Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Navbahor\ RealMadrid
29/06/2019 07:54
Braziliyaga omad
&
Husniddin.Shoniyozov
29/06/2019 12:08
Braziliya ham qiynaladi. Amerikaning eng yuldizli jamoalari to'qnashuvi va uyini chiqmayotgan jamoalar. Omad Braziliyaga!
&
Yusufjon
29/06/2019 10:53
Braziliyani ham shu hisobda yutamiz ! ! ! Omad