
Amerika kubogi. Braziliya Argentina darvozasiga javobsiz 2ta gol urib finalga chiqdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida Amerika kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan biroz avval musobaqaning yarim finalidan o‘rin olgan Braziliya hamda Argentina terma jamoalari bahsi yakunlandi. Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yin 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Braziliya – Argentina 2:0
3 iyul, 05.30, «Mineyrao»
Gollar: 1:0 – 19 Gabriel Jezus, 2:0 – 71 Firmino.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Markinos (Miranda, 64), Aleks Sandro, Dani Alves, Kazemiro, Artur, Koutino, Firmino, Gabriel Jezus (Allan, 80), Everton (Villian, 46).
Argentina – Armani, Foyt, Talyafiko (Dibala, 85), Otamendi, Akunya (Di Mariya, 59), de Paul (Lo Chelso, 67), Paredes, Petstselya, Aguero, Martines, Messi.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (9), Akunya (40), Dani Alves (40), Foyt (56), Martines (58), Allan (82).
Fikrlar