
Amerika kubogi. Braziliya guruh bosqichining so‘nggi turida Peru darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi
Hozirgina Amerika kubogi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Braziliya hamda Peru terma jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchishdi.
Peru – Braziliya 0:5
22 iyun, 00.00, «Arena Korintians»
Gollar: 0:1 – 12 Kazemiro, 0:2 – 19 Firmino, 0:3 – 32 Everton, 0:4 – 53 Dani Alves, 0:5 – 90 Villian.
Peru – Galese, Advinkula, Trauko, Abram, Arauxo, Yotun (Flores, 46), Kueva (Balon, 67), Tapiya, Polo, Gerrero (Gonsales, 55), Farfan.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Filipe Luis (Aleks Sandro, 57), Markinos, Tiago Silva, Artur, Koutino (Villian, 77), Kazemiro (Allan, 70), Firmino, Everton, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (10), Yotun (16), Tiago Silva (78), Advinkula (81).
Fikrlar