Amerikalik jurnalistning jasadi mamlakatiga etkazildi

  • 13.12.2022 09:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerikalik jurnalist Grant Uolning jasadi va buyumlari AQShga qaytarildi, deya xabar bermoqda si.com portali davlat departamentining yuqori martabali mulozimiga tayangan holda.

Tecno

Ushbu manba qo‘shimcha ma’lumot bermadi, biroq Qatardagi elchixona jurnalistning oilasi bilan hamkorlikda ish olib borilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Niderlandiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2022 chorak final o‘yinida «Lusail» stadionidagi press yo‘lakda yiqilib tushgan edi.

Shifokorlar unga voqea joyida tez yordam ko‘rsatishgach, jurnalist shifoxonaga etkazilgan. Biroq 10 dekabr kuni ertalab mahalliy kasalxonada vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!