
Amerikalik sobiq jangchi UFC prezidenti haqida: Bu haqda dunyoga aytishim kerak!
47 yoshli amerikalik aralash yakkakurash jangchisi, o‘rta va engil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq da’vogar, o‘tgan oy UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan Cheyl Sonnen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida UFC rahbari Dana Uaytni qattiq tanqid qildi.
“Men hozirgina kunimni buzgan narsani bilib oldim. Bu haqda endi jim tura olmayman. Bu sport va uni boshqaradigan odamlar pulga och o‘g‘rilardan boshqa narsa emas. Dana Uayt eski va yangi jangchilardan, shu jumladan men, Neyt Diaz va boshqalardan millionlab dollarlarni oldi. Eslatib o‘taman, Dana Uayt Israel Adesanyaga millionlab sarmoya kiritgan va uni UFC’ning yangi "oltin" bolasiga aylantirish uchun reklama qilgan. Bu bema’nilik. Bu pul boshqa jangchilarga sarflanishi mumkin edi. Israel Dananing tarafkashligi tufayli o‘zidan yaxshiroq bo‘lgan jangchilarga qaraganda ko‘proq pul topdi!
Men buni bugun ertalab itlar bilan sayr qilayotganda bilib qoldim. Yuragim siqilib ketdi. Men bu odamlarga butun faoliyatim davomida ishondim, ular bilan birga ovqatlandim. Ular mening oilam bilan uchrashishdi. Agar bu haqda bilsam edi... Odamlar menga yozishni to‘xtatishimni so‘rashadi. Ular: "Dana sizga qo‘ng‘iroq qiladi va hamma narsani tushuntiradi", deyishadi. Men “Yo‘q!” dedim. Bu haqda dunyoga aytishim kerak”, — deb yozdi Sonnen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Ma’lum vaqt o‘tgach, u Dana Uayt haqidagi barcha postlarni o‘chirib tashladi va shunday deb yozdi: "Men oddiy hayotga qaytayapman. Kechirasiz, bolalar!
Fikrlar