Amin Ergashev chempionlik kamari uchun da’vogar. U ikkita jangda g‘alaba qozonsa EFC chempioniga aylanadi!

  • 16.08.2021 19:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

4 sentyabr kuni Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan EFC promousheni Rossiyaning Qozon shahrida navbatdagi "EFC 40" turnirini o‘tkazadi. Quvonarlisi, ushbu jang kechasida og‘ir vazn toifasidagi mashhur vakillarimizdan biri Amin Ergashev ham oktagonga ko‘tariladi. Ahamiyatli jihati bu vazn toifasida promoushen o‘ziga xos Gran-Pri tashkil qilgan. 

Ya’ni, kuchli to‘rttalik o‘zaro jang olib boradi. "EFC 40" turnirida ikki juftlik g‘oliblari navbatdagi jang kechalaridan birida promoushenning og‘ir vazn toifasida UFC bilan shartnoma tuzgan, Rizvan Kunievdan vakant qolgan chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi.

Amin Ergashev( O‘zbekiston), Alan Makitov (Rossiya), Vladimir Dayneko (Rossiya) hamda Entoni Xamilton (AQSh) kuchli to‘rttalikni tashkil qilgan holda, Gran-Prining asosiy qahramonlari hamda chempionlikka asosiy da’vogarlardir. Demak, "EFC 40" turnirida hamyurtimiz Alan Makitov bilan jang qiladi. 

Ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, Dayneko hamda Xamilton jangi g‘olibi bilan to‘qnash keladi va mazkur jangni ham omadli yakunlasa, EFC promoushenining og‘ir vazn toifasidagi ilk o‘zbekistonlik chempioni degan tarixiy natijani qayd etadi. 

Albatta, mazkur muhim, tom ma’nodagi chempionlik janglarida hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

Amin_1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!