Amorim internetdagi haqoratlar haqida: "Hozirgi davrda bu odatiy holat"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘zi haqidagi haqoratli izohlarni o‘qimasligini aytdi.
"Internetda haqoratlarga duch kelish har qanday kasbda normal holat. O‘zimni himoya qilish uchun unday izohlarni umuman o‘qimayman. "Manchester Yunayted" haqida gap ketganda televizor ko‘rmayman. Bunga sabab tanqidlarga qo‘shilmaslik emas, ularga qisman qo‘shilaman, lekin bu sog‘liqni saqlashning bir usuli.
Menga murabbiy sifatida his-tuyg‘ularim etarli, boshqa hech narsa kerak emas. Yagona yo‘l - o‘zingni himoya qilish, boshqa yo‘l yo‘q.
Albatta, homiylardan pul yo‘qotyapman. Instagramdan ko‘p pul topishim mumkin edi, lekin oilamni himoya qilish va normal hayot kechirish muammolari ortiqcha dollar yoki funtga arzimaydi. Bunga arzimaydi.
Men himoyalanaman va mag‘lubiyatga uchraganimizda yoki yomon o‘ynaganimizda hech kim mendan qattiqroq bo‘lolmaydi. Bugungi kunda bunday haqoratlar haqiqatan ham odatiy hol, shuning uchun bu dunyoda omon qolishning yagona yo‘li", - dedi Amorim.
Fikrlar