Amorim: "MYu "Sporting" kabi o‘ynay olmaydi"

  • 6 noyabr, 2024, 15:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘z jamoasining Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ni mag‘lub etgani "Manchester Yunayted"ga o‘tishi masalasida ahamiyatli deb hisoblamaydi. Bu haqda "Yahoo Sports" xabar berdi.

Tecno

- Men sizga aytishim mumkinki, bu unchalik muhim emas. Xulosa chiqarishga erta. Biz bir vaziyatni boshqasiga ko‘chira olmaymiz. "Manchester Yunayted" bu tarzda o‘ynay olmaydi va ularga moslashishga to‘g‘ri keladi, - dedi Amorim.

Ma’lumot uchun, murabbiy 11 noyabr dushanba kuni rasman "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. "Sporting"ning Amorim boshchiligidagi so‘nggi o‘yini 10 noyabr kuni "Braga" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi debyuti esa "Ipsvich Taun"ga qarshi 24 noyabr kuniga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!