Amorim MYudagi vaziyatni o‘nglay olishiga ishonmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim APL 6-turidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi safar o‘yinidagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) vaziyatni o‘nglash va inqirozdan chiqish haqidagi savolga javob berdi.
- Hammasini to‘g‘rilay olishingizga ishonasizmi?
- Futbolda doim past-balandliklar bo‘ladi. G‘alaba qozonsangiz, lahzalarni his qilasiz. Yutqazsang, noldan boshlaysan va keyingi g‘alaba uchun kurashasan. Men har doim ishonaman, chunki nima qilishni bilaman.
- Siz odatda mas’uliyatni o‘z zimmangizga olasiz, lekin bu safar individual xatolar ko‘p bo‘ldi. O‘yinchilar mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishmayotganini his qilyapsizmi?
- Bu mening ishim. Men shunchaki o‘yinchilarni himoya qilayotganim yo‘q. Jamoa va klub uchun eng yaxshisini qilaman. Bolalar qanday mashq qilayotganini ko‘rib turibman. Bosim ostidagi o‘yinlarda ular ba’zan yomonroq o‘ynashadi - bu klubdagi bosimning bir qismi. Mening vazifam - keyingi o‘yinda g‘alaba qozonish va vaziyatlar yaratish. Biz o‘z futbolimizni emas, "Brentford" futbolini o‘ynadik. Raqib o‘yinida o‘ynasang - g‘alaba qozonish qiyin, - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
"Manchester Yunayted" 6 turdan so‘ng Angliya chempionati turnir jadvalida 6 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar