
Amorim Sheshkoga o‘rinbosar olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" 28 yoshli hujumchi Dominik Kalvert-Lyuinni jamoaning yangi hujumchisi Binyamin Sheshkoga o‘rinbosar bo‘la oladigan zaxira o‘yinchisi sifatida klubga olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim kuchli rotatsiya yaratishga intilmoqda. Shuningdek, Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisiga "Vest Xem Yunayted" va "Sanderlend" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Kalvert-Lyuin erkin agent hisoblanadi. Joriy yozda forvard 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan "Everton"ni tark etdi. Bu vaqt ichida hujumchi barcha musobaqalarda 273 ta o‘yinda maydonga tushib, 71 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 16 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar