Amputant futbolchining goli Pushkash sovriniga nomzod bo‘ldi

  • 10.02.2023 18:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

FIFA tomonidan yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan "Pushkash" sovriniga yakuniy da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Yakuniy uchlikka polshalik amputant futbolchi Marchin Oleksining qaychi usulidagi kiritgan to‘pi, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonning Serbiya terma jamoasiga urgan goli va Dimitri Payetning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan "pushka"si nomzod bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi 2023 yil 27 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida "The Best" mukofotlari g‘oliblari ham e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!