
"An-Nasr" "Bavariya" futbolchisini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Kim Min Jae Germaniya Bundesligasini tark etib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
28 yoshli futbolchini Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" klubi o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Tomonlar hozirda muzokaralar olib bormoqda va kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. Futbolchining o‘zi ham Saudiya klubiga o‘tishga qarshi emas.
O‘tgan Germaniya chempionati mavsumida Kim Min Jae 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar