"An-Nasr" bosh murabbiyi: "Ronaldu shubhasiz Portugaliyaning ramzi"

  • 10.10.2025 12:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush shogirdi Krishtianu Ronalduning shaxsiyati va jismoniy holatini yuqori baholadi.

"Hech kim bu insonning futbol dunyosi uchun nimani anglatishini to‘liq tasavvur qila olmaydi. Men o‘zim ham ilgari buni tushunmaganman, ammo endi tushunyapman. Ronaldu shubhasiz Portugaliyaning ramzi. U qaysi davlatda bo‘lmasin, mehmonxona eshiklari oldida yuzlab odamlar faqat uni ko‘rish uchun to‘planishadi. Krish noodatiy inson.

U jamoada tezligi bo‘yicha ikkinchi, shuningdek, 25 km/soatdan yuqori tezlikdagi sprintlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Bu aql bovar qilmas darajada. Gap faqat u maydonda nima qilayotgani haqida emas — u juda aqlli inson, futbol doirasidan ancha keng fikrlaydigan shaxs", — dedi Jezush "SAPO Desporto" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha turnirlar doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. 40 yoshli futbolchining saudiyaliklar bilan amaldagӣ shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, uning transfer bahosi 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!