
"An-Nasr" "Manchester Yunayted"ga Antoni transferi bo‘yicha taklif yubordi
"An-Nasr" Antoni transferi bo‘yicha ish boshladi.
FootMercato xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi "Manchester Yunayted"ga taklif bilan chiqqan, uning summasi oshkor etilmagan.
UOL xabar berishicha, mankunianliklar vinger uchun 50 million funt olishni ko‘zlamoqda. Uning "Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini braziliyalik futbolchi "Betis"da ijarada o‘tkazgan edi. Uning hisobida Ispaniya klubi safida La Ligada 17 ta o‘yinda 5 ta gol va 2 ta assist bor.
Avvalroq, "Chelsi" va "An-Nasr" Joau Feliksning 30 million evrolik transferi bo‘yicha kelishib olgandi, bu summa bonuslar va qayta sotish foizini hisobga olgan holda 50 million evroga ko‘tariladi.
Fikrlar