
“An-Nasr” va “Siti” kelisha olmadi, katta transfer barbod bo‘ldi
“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Edersonning “An-Nasr”ga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, “An-Nasr” 30 yoshli darvozabon uchun kurashdan chiqqan. Riyodliklar “shaharliklar”ning braziliyalik golkiper uchun so‘rayotgan summasini ortiqcha oshirilgan, deb hisoblamoqda.
Ma’lumki, “An-Nasr” mutasaddilari tajribali darvozabon uchun 30 million evro taklif qilgan edi. Biroq bu summa manchesterliklarga kamlik qildi.
Ederson 2017 yili “Benfika”dan “Manchester Siti”ga 40 million evroga transfer qilingan edi. Uning amaldagi bitimi yana ikki yil davom etadi.
O‘tgan mavsumda mohir darvozabon jami 43 ta uchrashuvda qatnashib, ulardan 16 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va qolgan bahslarda 34 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Fikrlar