"An-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi. Uni Ronaldu tanlagan

  • 27 iyun, 2023, 17:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" katta xaridlar qilishni davom ettirmoqda. Ronaldu kelganidan keyin Saudiya klubi endi portugaliyalik atrofida kuchli jamoa qurmoqchi. Shunday ekan, rahbariyat ayni dam Marselo Brozovich va Hakim Ziesh transferlari ustida ishlamoqda.

"Calcio Mercato" nashri xabar berishicha, "An-Nasr"ni boshqarish uchun yangi murabbiy jalb qilinadi. Klub vaqtinchalik asosiy jamoa ustozi lavozimiga ko‘tarilgan Dinko Elichichni ishdan olmoqchi.

"An-Nasr" Krishtianu Ronaldu tomonidan yuqori baholangan Luish Kashtruni yangi bosh murabbiy qilib tayinlaydi. 61 yoshli portugaliyalik mutaxassis ayni dam "Botafogo"da ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, Kashtru faoliyati davomida "Portu", "Al-Duhayl" va "Shaxtyor" kabi klublarni boshqargan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!