"An-Nasr"ning Xitoydagi o‘rtoqlik o‘yinlari qoldirildi. Sababi...

  • 23 yanvar, 2024, 19:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" Xitoydagi o‘rtoqlik o‘yinlarini bekor qildi. Bellashuvlar 24 va 28 yanvar kunlari o‘tkazilishi kerak edi.

Tecno

O‘yinlarning bekor qilinishiga Krishtianu Ronalduning jarohati sabab bo‘ldi - Saudiya klubi o‘zining asosiy yulduzisiz o‘ynamaslikka qaror qildi. Ronaldu xitoylik futbol muxlislariga murojaatida ularni xafa bo‘lmaslikka chaqirdi.

"Bu erda hamma meni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘raman. Sizlarga va’da beramanki, men jamoam bilan bu erga qaytib, o‘ynaymiz", - dedi Ronaldu.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!