Ana tomoshayu, mana tomosha!
Bugun O‘zbekiston Superligasidagi so‘nggi yillarning eng intrigali mavsumi yakuniga etadi.
Ammo qay tarzda? Shunisi hamon mavhumligicha qolmoqda! Uzoq yillardan so‘ng bosh sovrin yana viloyatlardan biriga ketadimi? Yoki toshkentliklar uni poytaxtda olib qolishning uddasidan chiqarmikan?
Yana bir qiziqarli tomoni chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf"ning har uchalasini jiddiy raqiblar kutib turibdi. Buyog‘iga ruhiy tayyorgarlik ko‘p narsani hal qilsa kerak.
Darvoqe, bugun o‘zbek futboli vatani "Qo‘qon-1912" yoki ketma-ket 3 bor chempionlikni tantana qilgan "Lokomotiv"dan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri elita bilan xayrlashadi. Ana tomoshayu, mana tomosha!
Xullas, 17:00 dan boshlab o‘zingizni futbol atmosferasida his qilishingiz mumkin.
Bizdan ham uzoqlashmang, eng sara fotosuratlar va videolarni aynan sizlar uchun taqdim etib boraman.

Fikrlar