
Ana xolos! Afoninning jamoasi yangi mavsumda o‘z uy uchrashuvlarini Samarada o‘tkazadi
Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan “Orenburg” klubi stadioni Rossiya premer-ligasi tomonidan litsenziyalashdan o‘ta olmadi.
RPL sport direktorining so‘zlariga ko‘ra orenburgliklar yangi mavsumda o‘z uy o‘yinlarini “Samara Arena”da o‘tkazishadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu stadion boshqa bir hamyurtimiz Vitaliy Denisov mavsumni ijara asosida o‘tkazgan “Krilya Sovetov” klubining uy arenasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Orenburg” premer-ligada mavsumni 7-o‘rinda yakunladi. Hamyurtimiz Vadim Afonin esa chempionatning 26ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar