
Ana xolos! Angliyada mavsum muddatidan avval yakunlandi, natijalar bekor qilindi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli bir qator quyi divizion ligalari hamda ayollar ligalarida natijalarni bekor qildi va mavsumni muddatidan avval yakunladi.
Aniqrog‘i, Milliy liga tizimining o‘yinlariga yakun yasalgan. Ularda mavsumda qayd etilgan natijalar batamom bekor qilingan. Shu tariqa ushbu ligada hech bir jamoa quyi divizionga tushirib yuborilmagan va hech bir jamoa yuqoriga ko‘tarilmagan.
Aytish kerakki, Milliy liga tizimi Angliyada nufuzi jihatidan 5-o‘rinda qayd etiladi.
Fikrlar