Ana xolos! Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin
PSJ klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi nomusga tegish ishi bo‘yicha sudga tortiladi. Manbalarning qayd etishicha, sud majlisining aniq sanasi hozircha belgilangan emas.
Ma’lum bo‘lishicha, Nanter prokuraturasi 2023 yilning mart oyida Hakimiga nomusga tegish bo‘yicha ayblov ishi ochganini e’lon qilgan. Jabrlanuvchi (24 yoshli qiz) bir oy avval politsiyaga murojaat qilgan. Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, Ashraf 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi 2021 yildan beri parijliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 194 ta uchrashuvda maydonga tushib,28 ta gol kiritdi va 38 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar