Ana xolos! "Barselona" Grizmanning transferi bo‘yicha aybdor deb topilsa, 300 evro jarima to‘laydi

  • 17 sentabr, 2019, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya sudi hamon Antuan Grizmanning “Barselona”ga qilingan transfer ishini o‘rganmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, “Atletiko” kataloniyaliklarni Grizmann bilan avvalroq, ya’ni tovon puli 200 mln evro ekanligi paytida kelishib olganlikda ayblamoqda.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra agar ushbu ayblov to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, “Barselona” 300 evro jarima to‘laydi va 1 ta o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Grizmann “Barselona”ga joriy yozgi transferlar davrida 120 mln evro evaziga ko‘chib o‘tdi. U hozircha La Ligada 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!