Ana xolos! "Barselona" Pikedan katta miqdorda qarz bo‘lib qoldi
"Barselona" o‘z himoyachisi Jerar Pikedan deyarli 100 million evro qarzdor, deb xabar bermoqda Sport.es.
Manbaga ko‘ra, futbolchi maoshini qisqartirish siyosati amalga oshirilganda maoshini kamaytirmagan, balki to‘lovlarni keyinroq muddatga ko‘chirishga rozi bo‘lgan. Shu tariqa, Kataloniya klubi undan so‘nggi ikki mavsum uchun 82 million evro, shuningdek, oxirgi shartnoma uzaytirilgani uchun bonus sifatida yana 15 million evro qarzdor bo‘lib qolgan.
Klub rahbariyatining bu boradagi pozitsiyasi boshqacha. Ba’zi rahbarlar Pikening qarzi masalasini yopishni taklif qilishsa, boshqalari transferlarga e’tibor qaratishni afzal ko‘rmoqda.
35 yoshli Pike o‘tgan mavsum "Barselona" safida jami 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar