
Ana xolos! "Bavariya" Levandovskidan voz kechmoqchi. Sabab nima?
Myunxenning “Bavariya” klubi “Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kiritish uchun polshalik to‘purari Robert Levandovskini sotishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Bavariya” Levandovskini 60 million evroga sotishga tayyor, Xolandning transferi esa 75 million evroga baholanmoqda. Biroq norvegiyalikning transferida agent Mino Rayolaning hujumchi uchun komissiya va maosh borasidagi talablari muammo tug‘dirishi mumkin.
33 yoshli Levandovski joriy mavsum 24 o‘yinda o‘tkazib, 29 gol urdi. 21 yoshli Xoland esa 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar