
Ana xolos: Beylning har bir o‘yini “Real” uchun 1 mln evroga tushgan
Ispaniyaning As nashri Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beylning madridliklar safida o‘tkazgan o‘yinlari soni va uning uchun sarf etilgan pullarni o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.
Madrid klubi 2013 yilda Beylni 100,7 mln evro evaziga sotib olgan. U shu vaqt oralig‘ida 19 bor jarohat oldi.
Uning maoshi va boshqa qo‘shimcha summalar bilan Beyl “Real”ga 168,6 mln evroga tushgan. U hozirga qadar “blankoslar” safida 159 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Beylning “Real”dagi har bir o‘yini 1 060 377 evroga tushmoqda.
Fikrlar