Ana xolos! Bokschilarimiz ham endi legioner yoxud ikki nafar o‘zbek bokschisi hind jamoasi sharafini himoya qiladi

  • 21 noyabr, 2019, 11:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Sports.uz saytining muxbiriga ma’lum bo‘lishicha, 2 dekabrdan 21 dekabrga qadar Hindistonda havaskor boks bo‘yicha shaharlararo turnir bo‘lib o‘tadi. Bu turnirda turli shaharlar o‘z jamoasiga ega bo‘ladi va har turda 2 jamoaning bir vazndagi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi. Bizga qiziq tomoni esa ushbu musobaqada 2 ta o‘zbekistonlik bokschi ham ijara asosida qatnashishi kutilmoqda. 57 kgda Abdumalik Halakov Panjob shahrining “NCR Panjob Royals” va 69 kg Jahongir Rahmonov “ODISHA WARRIORS “ jamoalari safida harakat qilishadi. Hozirgi kunda Hind boksi jadal rivojlanayotganini hisobga olsak bir tomondan bu musobaqa yoshlarimizga katta tajriba orttirish uchun hizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
TFT
21/11/2019 13:19
Спорт хам бизнес бб кетди,афсус...
&
Shoxrux MTJ
TFT
21/11/2019 15:17
Nima uchun afsus? Axir ular pul ishlab o'zbekistonga valyuta yuboradi.. Pul bor joy rivojlanadi..