
Ana xolos! “Chelsi” Kay Xavertsdan voz kechdi
“Bayer” rahbariyati “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirayotgan Kay Xavertsning trasnfer summasini 100 million evro qilib belgilaganidan keyin, londonliklar 21 yoshli futbolchini bu narxga sotib olishdan bosh tortdi.
“Chelsi” iste’dodli pleymeyker uchun 65 million evro va turli bonuslar taklif qilgan edi. Ammo “dorishunoslar” bunga ko‘nmadi.
Endi Roman Abramovich jamoasi pleymeyker vazifasini bajarish uchun Filippe Koutinoni olib kelishni rejalashtirmoqda. “Barselona”ni qabul qilib olishi kutilayotgan Ronald Kuman bundan buyon ham braziliyalik yarim himoyachiga ehtiyoj bo‘lmasligini ma’lum qilgan.
Londonliklar vaqtni boy bermaslik uchun kataloniyaliklar bilan muzokarani boshlab yubordi. “Chelsi” Koutinoning maoshi balandligini inobatga olib, bu transferni 60 million evroga baholamoqda.
“Bayer” qo‘ygan narx “Chelsi”ni “nokaut” qildi
Fikrlar